Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 “GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglanib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📘Muloqot jarayonida hududdagi mavjud muammolar, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilashga oid takliflar hamda fuqarolar murojaatlari deputatlik daftariga qayd etildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ijrosini nazorat qilish masalalari belgilab olindi.

✅ Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda hududdagi mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

📋 Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, aholi muammolarini joyida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 3