Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi

#24_ta_masala
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich xalq deputatlari viloyat va Nurobod tumani Kengashlari deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar va ularda ko‘rib chiqilgan muhim vazifalar haqida deputatlarga batafsil ma’lumot berildi. Yalpi majlisda ko‘rib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ularning hududlar rivoji va aholi manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini ta’minlash, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari o‘z saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, fuqarolar bilan uchrashuvlar davomida aniqlanayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan deputatlik nazorati haqida ma’lumot berdilar.

Xususan, hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini o‘rganish, infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal etish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq muloqot va o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tdi. Unda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Mazkur uchrashuv deputatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, Senat faoliyatida ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha xabardorligini oshirish hamda hududlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 8