Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
Kotib

38-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Dilshod Soliyev hududdagi
38-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlarini olib borildi.

O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, elektr ta’minoti, bino va xonalarning holati, eshik va derazalarning sozligi hamda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammoli holatlarni bartaraf etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida hal qilish va muassasaning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Asosiy maqsad — bolalar salomatligini muhofaza qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishdan iborat.

Slide 1 of 3