Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 28-sentyabr — 2-oktyabr 2026-yil

28-sentyabr — 2-oktyabr 2026-yil

📅 28-sentyabr – 2-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda belgilangan vazifalar doirasida qator o‘rganishlar va tadbirlar amalga oshirildi.

✅ 28-sentyabr Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY (17-Shodlik saylov okrugi)da ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

✅ 29-sentyabr Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY hududida ichki ko‘chalarning bugungi kundagi holatini hamda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

✅ 30-sentyabr Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

✅ 2-oktyabr Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tumandagi aholi bandligi masalalarining ijrosini nazorat qildi.

✅ 2-oktyabr Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan 5-Xamza saylov okrugida bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida o‘rganish ishlarini olib bordi.

✨ Haftalik ish rejasidagi barcha belgilangan tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.

🤝 O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar tegishli tartibda qayd etilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar bilan birgalikda zarur choralar belgilandi.
 

Slide 1 of 1