Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
“MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR

 O‘rganish davomida yangi joriy etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining fuqarolar muammolarini manzilli hal etishdagi o‘rni hamda aholining mazkur tizimga bo‘lgan munosabati o‘rganildi.

 “Chamanzor” mahallasi aholisi bilan olib borilgan muloqotlar natijasida fuqarolar bilan eng yaqin aloqada bo‘lgan bo‘g‘inlar xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ekani qayd etildi.

 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, homilador va emizikli ayollar ro‘yxatining to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek, ularga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul tibbiy va ijtimoiy yordamlarning o‘z vaqtida yetib borishi “Mahalla yettiligi” faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

 O‘rganishlar yakunida quyidagi takliflar ilgari surildi:

🔹 Mahalla hududidagi tibbiyot maskanlari va aholi gavjum joylarda maxsus “Emizish va bola parvarishi xonalari”ni tashkil etish;

🔹 Sun’iy bolalar oziq-ovqat mahsulotlari reklamasini nazorat qilishda mahalla faollarining jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

🔹 “Mahalla yettiligi”ning aholi bilan muloqotini yanada yaxshilash maqsadida raqamli platformalar orqali tezkor aloqa tizimini rivojlantirish.

🤝 Mazkur takliflar mahalla va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3