Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Kokildorota” mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar muntazam o‘rganib, tahlil qilib borilmoqda.

Shu maqsadda Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaga biriktirilgan “Kokildorota” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektori faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori talablari asosida baho berildi.

Jarayonda mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash, muammoli oilalar va xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan yaqin va tizimli muloqot olib borish, huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla faollari, mutasaddi tashkilotlar hamda profilaktika inspektori hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, hududda huquq-tartibotni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — mahallalarda qonuniylik, xavfsizlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalarini deputatlik nazoratida davom ettiradi.