Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
HOKIM VA KENGASH RAISI ISHTIROKIDAGI YIG‘ILISH

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich hamda tuman Kengashi deputati Yu. Hakimov ishtirokida belgilangan vazifalar ijrosi, mas’ullarga berilgan topshiriqlarning bajarilishi hamda dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, ijro intizomi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va natijadorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniq natijaga erishish hamda mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda har bir mas’ulning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, ijro intizomiga qat’iy rioya qilishi va amalga oshirilgan ishlar natijadorligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi.
Asosiy mezon — topshiriqning berilgani emas, balki uning aniq va samarali natija bilan bajarilishidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7