Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan “Tepaguzar” mahallasida aholini qiynab kelayotgan infratuzilmaviy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda ichki yo‘llar, ko‘cha yoritilishi, elektr tarmoqlari, daraxtlarning holati hamda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga ta’sir qilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Xususan, mahallaga kiraverishdagi asosiy yo‘lda, 39-sonli va 2D-sonli uylar oralig‘ida elektr ustuni ag‘darilgan, elektr simlari tartibsiz holatda qolgan hamda hududda yoritish chirog‘i mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur muammo yuzasidan avval tuman mutasaddilariga murojaat qilingan bo‘lsa-da, fuqarolarning bildirishicha, hozirga qadar natija bo‘lmagan.

🌳 Shuningdek, 16-sonli uyning tom qismi va balkoniga chirmashib ketgan daraxt shoxlarini, 17-sonli uy yo‘lagi boshidagi daraxt shoxlarini butash zarurligi o‘rganildi. 17-sonli uyning orqa tomonidan 234-sonli maktabga olib boruvchi yo‘lda ham qurigan va egilib qolgan katta daraxtlar avtomobillar harakatiga xalaqit berayotgani qayd etildi. Ushbu holat bo‘yicha ham avval murojaat qilingan, biroq masala hal etilmagan.

🔺 Bundan tashqari, 16-sonli va 10-sonli uylar chorrahasida, mahallaga kirish asosiy yo‘lidagi chuqur va yamoq talab qiladigan qismlarni ta’mirlash zarurligiga e’tibor qaratildi. Yo‘lning mavjud holati transport vositalari hamda piyodalarning qulay harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirmoqda.

🌿 7-sonli va 8-sonli uylar oralig‘idagi hududda ham daraxt shoxlari haddan tashqari o‘sib ketgani sababli ularni butash zarurati mavjud. Mazkur hudud fuqarolarning o‘tib-qaytishi uchun xavf tug‘dirayotgan joylardan biriga aylangani o‘rganish davomida qayd etildi.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahalla ichki yo‘llari va ko‘chalarni yoritish holati, elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarning xavfsizligi va obodonligi hamda muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari doirasida olib borildi.

🤝 Frangiza Akramova aholi tomonidan avval ham ko‘tarilgan, biroq yechimini kutayotgan mazkur masalalarni joyida ko‘zdan kechirib, ayniqsa, fuqarolar va maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarga e’tibor qaratdi.

📉 Hududdagi ag‘darilgan elektr ustuni va tartibsiz simlar, yoritish masalasi, ta’mirtalab yo‘l qismlari hamda xavf tug‘dirayotgan daraxtlarni tartibga keltirish “Tepaguzar” mahallasi aholisi uchun dolzarb masalalar sifatida qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10