Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 9 oylik ijrosi muhokama qilinadi
янв.21
Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida tumandagi korxona va tashkilotlarning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida tuman aholisidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga 3689 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib ularning murojaatlarning 1258 tasi ijobiy hal etilgan, 214 tasi ko‘rib chiqish jarayonida, 13 ta murojaat rad etilgan. 2027 ta murojaatlar huquqiy tushuntirishlar berilgan.

O‘rganishda ayrim murojaatlarning mazmuni tahlil qilinganda, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar orasida aliment, qarz undirish va ijro ishi yuritish bilan bog‘liq murojaatlar 251 ta, huquqbuzarlik, firibgarlik va surishtiruv-tergov harakatlariga oid murojaatlar 183 ta, nafaqa tayinlash, moddiy yordam va pensiya masalalari bo‘yicha 142 ta murojaatni tashkil etgan.

Shuningdek, kreditlar, bank plastik kartalari, bankomatlar va to‘lov tizimlari bilan bog‘liq 92 ta, xizmatchilarning faoliyati va xatti-harakatlariga oid 87 ta, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq 61 ta, mehnatga haq to‘lash va hisoblash masalalari bo‘yicha 60 ta, gaz ta’minotiga oid 59 ta murojaat kelib tushgan.

Ayrim yo‘nalishlarda murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli oshgani ham o‘rganish davomida tahlil qilindi. Jumladan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ma’lumotlar bazasi faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar 23 tadan 50 taga, bir martalik moddiy yordam masalalari 29 tadan 41 taga, ish haqini undirish ijro hujjatlari bo‘yicha murojaatlar 6 tadan 14 taga oshgan.

🔺Deputat tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning sabablarini chuqur o‘rganish, ularni imkon qadar joyida hal etish va takroriy murojaatlarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, murojaatlar soni ko‘paygan yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, aholiga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berish, ijrosi nazoratga olingan murojaatlarni belgilangan muddatlarda hal etish hamda murojaatlarning qonuniy, xolisona va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3