Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
28-SENTABRDAN 2-OKTABRGACHA: ASOSIY VAZIFALAR BELGILANDI
#hafta_reja

28-SENTABRDAN 2-OKTABRGACHA: ASOSIY VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 28-sentabrdan 2-oktabrgacha bo‘lgan davr uchun kotibiyatning ish rejasidan kelib chiqib amalga oshiriladigan vazifalar batafsil muhokama qilindi.

Hafta davomida, xususan:
— Kengashning tasdiqlangan ish rejasi asosida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish;
— deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar bilan uchrashuvlar va hududiy o‘rganishlarni tizimli tashkil etish;
— deputatlarga ularning vakolatlari doirasida amaliy tavsiyalar va uslubiy ko‘mak berish, deputatlik faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish;
— 162-sonli topshiriq va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan belgilangan ishlarni tashkil etish, o‘rganish va tahlil qilish;
— deputatlarning murojaatlari, deputatlik so‘rovlari va fuqarolar muammolarini ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish;
— doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, rejalashtirilgan yig‘ilish va o‘rganishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlash;
— hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalarini umumlashtirish, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
— Kengash qarorlari, topshiriqlar va boshqa hujjatlar ijrosini monitoring qilish;
— Kengash faoliyatini axborot jihatdan yoritish, amalga oshirilayotgan ishlar va deputatlik faoliyati natijalarini aholiga yetkazish;
— ijro intizomini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning o‘z muddatida bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

Shuningdek, hafta davomida deputatlar faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, har bir saylov okrugidagi muammolarni aniqlash, ularni tegishli tartibda qayd etish va amaliy yechimga yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilab olinib, 28-sentabrdan 2-oktabrgacha amalga oshiriladigan ishlarni aniq reja asosida tashkil etish, ijrosini nazorat qilish va natijadorligini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash