35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi Lazizjon O‘ktirov, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxromov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.
📋 Yig‘ilishning asosiy e’tibori Yoshlar maslahat guruhining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning manfaat va tashabbuslarini mahalliy Kengash faoliyatiga keng jalb etish hamda hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalariga qaratildi.
🔹 Jumladan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
🔹 hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash, o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
🔹 yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosini tahlil qilish;
🔹 qonunlar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”da yoshlar uchun belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish;
🔹 yoshlar manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etish;
🔹 iqtidorli, tashabbuskor va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar tayyorlash kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.
🌱 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, madaniy-ma’rifiy, sport va turli ko‘rik-tanlovlarni tashkil etishda faol ishtirok etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🏛 Yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda tashkil etish, tegishli masalalar bo‘yicha o‘rganishlar olib borish, qaror loyihalari va hududiy dasturlar muhokamasida yoshlarning fikrlarini inobatga olish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
📝 Bundan tashqari, guruh rahbari va kotibining vazifalari, yig‘ilishlarni tizimli tashkil etish, kun tartibini shakllantirish, tegishli hujjatlarni yuritish hamda guruh a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
💬 Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarning fikr va tashabbuslarini mahalliy Kengashga yetkazish, ularni hudud rivojiga daxldor jarayonlarga faol jalb etish hamda yoshlar bilan bog‘liq masalalarni birgalikda muhokama qilish uchun muhim maydondir.
✅ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusidagi ishlar yo‘nalishlari belgilab olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

Slide 1 of 2