35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
PAXTAKOR TUMANIDA 18-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jamila Bobonazarova, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova, tuman Kengashi deputatlari K.Mamanova va N.Sulaymonov Paxtakor tumani “G‘alaba” mahallasida yangidan qurilgan 240 o‘rinli 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari, o‘quv-tarbiya jarayonlari hamda zamonaviy infratuzilma bilan tanishildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda muassasaning moddiy-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yangi 240 o‘rinli bog‘cha “G‘alaba” MFY aholisi uchun qulaylik yaratib, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8