SENATOR VA DEPUTAT MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN SUHBATLASHDI
📌Oliy Majlis Senati a’zosi va Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov yangi o‘quv yili boshlanishida saylov okrugidagi Samarqand shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.
👍Suhbat davomida professor Rustam Xolmurodov davlatimizning yoshlarga oid siyosati mohiyati va maqsadi, mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, bunday g‘amxo‘rlikka javoban O‘zbekiston yoshlari, xususan Samarqand davlat universiteti talabalari xalqaro miqyosda erishayotgan muvaffaqiyatlarga alohida to‘xtaldi.
👍 Bilim olish va kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun mavjud sharoitlardan samarali foydalanish, Vatan taraqqiyotiga har bir kishi o‘z burchini bajarish orqali hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladi.