35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tinchlik” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari deputatlik nazoratida
Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi faoliyati tahliliy ko‘rib chiqildi.

Nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonuni talablari asosida olib borildi.

O‘tgan oy davomida amalga oshirilgan ishlar:

13 nafar fuqaroga imtiyozli bank kreditlari ajratilishiga ko‘maklashilib, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga amaliy yordam ko‘rsatildi;

15 nafar fuqaro doimiy va mavsumiy daromadli mehnat faoliyatiga jalb etildi;
Aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 4 ta yangi mikroloyiha ishga tushirildi.

Mas'ullar o‘rganish jarayonida kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, yaratilgan imkoniyatlarni aniq natijaga aylantirish hamda har bir xonadonning tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.

O‘rganish yakunida mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish sur’atini yanada oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish va ehtiyojmand oilalarni tadbirkorlik orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha hokim yordamchisiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati — mahalladagi imkoniyatlarni amaliy natijaga aylantirishga xizmat qiladi!