35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
“BILLUR” MAHALLASI TUBDAN YANGILANDI: “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR TO‘LIQ YAKUNLANDI

Yunusobod tumani Xalq depuatatlari Kengashi deputati A.Saidaliyev boshchiligida “Billur” mahallasida “Obod mahalla” dasturi asosida olib borilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari to‘liq yakunlanib, aholi foydalanishiga topshirildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan hudud mahalladoshlarimizga chinakam quvonch va yuksak kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:
🫥Yo‘l va infratuzilma:
1 400 m² ichki yo‘llar sifatli asfaltlandi;
2 130 m² piyodalar yo‘lagiga bruschatka yotqizildi;
2 380 metr yangi bordyurlar hamda 340 metr lotoklar o‘rnatildi;
44 dona zamonaviy yoritish ustunlari o‘rnatilib, hudud xavfsizligi ta’minlandi.
🫥Aholi dam olishi va sport maskanlari:
Bolajonlar uchun 4 ta zamonaviy o‘yingoh;
Yoshlar uchun 1 ta universal futbol maydonchasi hamda 1 ta vorkaut (workout) maydonchasi;
Madaniy hordiq chiqarish uchun 1 ta amfiteatr, 1 ta favvora va 7 ta shiyponcha (besedka);
Keksa avlod vakillari uchun alohida 1 ta “Nuroniylar maskani” bunyod etildi;
Mahalla bo‘ylab 61 ta qulay o‘rindiq va 61 ta chiqindi qutisi o‘rnatildi.
🫥Yashil makon va qiyofa:
65 510 m² ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari to‘liq bo‘yalib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi;
11 600 m² maydonga maysazor (gazon) ekildi va ularni parvarishlash uchun 11 600 m² maydonda avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimi hamda 1 ta yangi artezian qudug‘i (skvajina) ishga tushirildi;
180 tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

✅ Barcha o‘zgarishlar va yaratilgan qulayliklar aholimizning farovon hayot kechirishi hamda ularning roziligiga erishish yo‘lidagi amaliy qadamdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4