35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Yuksalish mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Murodbaxsh, Mardlar va Zarafshon ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti muammosi o‘rganilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyasida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Shodiyona MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari X.Berdiyarova, A.Amanlikov, K.Karimova, A.Ibadullayev, X.Shayimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Sh.Suvankulov va A.Sharopov tomonidan “Boyovut dehqon bozori” MChJda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoring qilindi.

O‘rganishdan asosiy maqsad - bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini o‘rganish, sun’iy narx oshishining oldini olish hamda aholining asosiy iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini maqbul narxlarda ta’minlash holatini tahlil qilishdan iborat.

MONITORING NATIJALARI
🥖 NON VA NON MAHSULOTLARI
(narxlar eng arzon va eng qimmat holatda ko‘rsatilmoqda)
🔵 Obi non — 3 000–7 000 so‘m
🔵 Qolipli non — 2 500–3 000 so‘m

🥩 GO‘SHT MAHSULOTLARI
🔵 Mol go‘shti — 110 000–140 000 so‘m
🔵 Qo‘y go‘shti — 135 000–160 000 so‘m
🔵 Dumbo yog‘i — 120 000–140 000 so‘m
🔵 Qo‘zi go‘shti — mavjud emas
🔵 Jigar go‘shti — 40 000–50 000 so‘m
🔵 Ichak yog‘i — 20 000–30 000 so‘m
🔵 Tovuq go‘shti — 35 000–40 000 so‘m

🥕 SABZAVOTLAR
🔵 Kartoshka — 2 000–5 000 so‘m
🔵 Sabzi — 3 000–6 000 so‘m
🔵 Piyoz — 2 000–2 500 so‘m
🔵 Pomidor — 6 000–10 000 so‘m
🔵 Bodring — 5 000–6 000 so‘m
🔵 Turp — mavjud emas
🔵 Sholg‘om — mavjud emas
🔵 Baqlajon — 4 000–5 000 so‘m
🔵 Qizil lavlagi — 2 000–4 000 so‘m
🔵 Bulg‘or qalampiri — 5 000–10 000 so‘m
🔵 Karam — 3 000–4 000 so‘m
🔵 Ko‘katlar — 500–2 000 so‘m
🔵 Sarimsoq piyoz — 9 000–10 000 so‘m
🔵 Rediska — mavjud emas

🍉 POLIZ EKINLARI
🔵 Qovun — 2 000–3 000 so‘m
🔵 Tarvuz — 1 500–2 000 so‘m
🔵 Handalak — mavjud emas
🔵 Oshqovoq — 3 000–5 000 so‘m

🌱 DUKKAKLI VA DON MAHSULOTLARI
🔵 Mosh — 20 000–25 000 so‘m
🔵 Loviya — 20 000–25 000 so‘m
🔵 No‘xat — 25 000–35 000 so‘m
🔵 Guruch — 10 000–25 000 so‘m
🔵 Shakar — 12 500–13 000 so‘m
🔵 Bug‘doy — 3 800–4 000 so‘m
🔵 Arpa — 4 000–4 200 so‘m
🔵 Makkajo‘xori — 4 000–4 500 so‘m
🔵 Kepak — 3 000–3 500 so‘m

🍎 HO‘L MEVALAR
🔵 Olma — 5 000–15 000 so‘m
🔵 Import olma — 25 000–35 000 so‘m
🔵 Nok — 15 000–20 000 so‘m
🔵 Import nok — 30 000–35 000 so‘m
🔵 Banan — 15 000–25 000 so‘m
🔵 Limon — 40 000–55 000 so‘m
🔵 Uzum — 10 000–15 000 so‘m
🔵 Mandarin — mavjud emas
🔵 Gilos — mavjud emas
🔵 O‘rik — mavjud emas

🥛 SUT MAHSULOTLARI
🔵 Sut — 7 000–8 000 so‘m
🔵 Qatiq — 5 000–7 000 so‘m
🔵 Qaymoq — 45 000–50 000 so‘m
🔵 Suzma — 15 000–20 000 so‘m
🔵 Uy sariyog‘i — 65 000–70 000 so‘m

🥚 TUXUM VA ASAL
🔵 Tuxum — 900–1 300 so‘m
🔵 Asal — 80 000–100 000 so‘m

🥜 QURUQ MEVALAR
🔵 Mayiz — 20 000–90 000 so‘m
🔵 Bodom — 45 000–80 000 so‘m
🔵 Yong‘oq — 20 000–25 000 so‘m
🔵 Pista — 90 000–130 000 so‘m
🔵 O‘rik qoqi — 25 000–50 000 so‘m
🔵 Shurdanak — 25 000–50 000 so‘m

🏅 YOG‘ MAHSULOTLARI
🔵 Paxta yog‘i — 14 000–17 000 so‘m
🔵 O‘simlik yog‘i — 20 000–22 000 so‘m

🤩 15 KUNLIK TUSHUM
“Boyovut dehqon bozori” MChJning 15 kunlik jami tushumi 37 604 816 so‘mni tashkil etgani ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahsulotlarning amaldagi narxlari, savdo holati va tushum ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, sun’iy narx oshishining oldini olish hamda aholi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi narxlar monitoringi deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7