📍 22-Yunus Ayyomiy saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z. Polvonova tomonidan saylov okrugi hududidagi dorixonalarda dori vositalarining sifati, saqlanishi va realizatsiya qilinishi holati o‘rganildi.
🔹 dori vositalarining yaroqlilik muddati;
🔹 ularning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya etilishi;
🔹 dori vositalarining aholiga qonuniy va belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi;
🔹 fuqarolarga dori vositalari haqida zarur ma’lumotlar berilishi;
🔹 dorixonalarda farmatsevtika faoliyatiga oid qonunchilik talablari bajarilishi holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida olib borildi.