35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
“Farxod” mahallasida aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy ishlar, aholi bilan ochiq muloqot hamda manzilli yondashuv asosida izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Farxod” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdilar.

Muloqot davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor — aniq natija va manzilli yondashuvga

Yig‘ilishda “Farxod” mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish borasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

“Xonadonbay” o‘rganish — ishsiz va kam daromadli fuqarolar xonadonma-xonadon o‘rganilib, ularning muammolari, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlari aniqlanadi;

Bandlikni ta’minlash — ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish choralari kuchaytiriladi;

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit va boshqa imkoniyatlardan foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi;

Barqaror daromad manbai yaratish — har bir ehtiyojmand oilaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, uni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan individual yondashuv asosida ish olib boriladi;

“Mahalla yettiligi” hamkorligi — mas’ul tashkilotlar, mahalla faollari va deputatlar hamkorligida belgilangan vazifalar ijrosi muntazam nazorat qilib boriladi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, har bir murojaat va muammoni e’tibordan chetda qoldirmaslik yuzasidan mahalla mas’ullariga tegishli topshiriq va deputatlik tavsiyalari berildi.

Aholi bandligi — oilalar daromadi — farovon mahalla!

Bu yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.