35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
#saylovchilar_bilan_uchrashuv #ochiq_muloqot

Olmaliq shahar 12-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari — Doniyor Karimov, Zafar Adilov, Matluba Ashurova hamda Abdujabbor Djurayevlarning saylovchilar bilan navbatdagi ochiq va samimiy muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova, shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, “Mahalla yettiligi” vakillari hamda shahardagi daxldor korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan muloqotda fuqarolar tomonidan infratuzilma, ijtimoiy soha va hududni obodonlashtirishga oid ko‘plab dolzarb masalalar hamda murojaatlar o‘rtaga tashlandi.

Saylovchilarning har bir murojaati deputatlar va mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan atroflicha tinglandi.
Muloqot natijalari:
🔹 Aholi tomonidan ko‘tarilgan qator murojaatlar joyida mas’ullarga biriktirilib, tezkor amaliy javob berildi.
🔹 Muayyan vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, deputatlik nazoratiga olindi.

Aholi bilan bunday yuzma-yuz uchrashuvlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni adolatli va samarali hal etishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10