35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Yuksalish mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Murodbaxsh, Mardlar va Zarafshon ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti muammosi o‘rganilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyasida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Shodiyona MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BANDLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi oʻrganish o‘tkazildi.
Unda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi, komissiya a’zosi N.Akbarova hamda “Adolat” SDP shahar partiya tashkiloti raisi, deputat S.Azizov ishtirok etdi.

O‘rganish Marg‘ilon shahridagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida maxsus tayyorlangan savolnoma asosida olib borildi. Asosiy e’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida boshqa fuqarolar bilan teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha belgilangan talablarning amalda qanday bajarilayotganiga qaratildi.

Xususan, shahar Kengashi tomonidan ushbu toifadagi fuqarolar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanganligi, ajratilgan o‘rinlarning yolg‘iz ota-onalar, ko‘p bolali oilalar, harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qamrab olishi o‘rganildi.

Shuningdek, 20 nafar va undan ortiq xodim ishlaydigan tashkilotlarda zaxira ish o‘rinlarining amalda mavjudligi va foydalanishga tayyorligi, belgilangan muddatlarda ularning kamida 25 foizi tayyorlanganligi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilganiga e’tibor qaratildi.

Nazorat tadbirida masalaning eng muhim jihatlaridan biri — fuqarolarning amalda ishga joylashtirilishi masalasi bo‘ldi. Bunda ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzilganligi, fuqarolarni ishga qabul qilishdan asossiz ravishda bosh tortish holatlari mavjud yoki mavjud emasligi va bunday holatlar aniqlanganda mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgani ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolarni ishga joylashtirish borasidagi ishlar ham nazoratdan chetda qolmadi.

O‘rganish jarayonida 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori talablarining bajarilmagan holatlarida mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilgan-ko‘rilmagani, hududda mazkur yo‘nalishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham o‘rganildi. Masalaning avval Kengash sessiyalarida muhokama qilinganligi va berilgan topshiriqlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

Deputatlar fikricha, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun ish o‘rni yaratish — faqat bandlik ko‘rsatkichini oshirish emas. Bu, avvalo, insonning munosib daromad topishi, oilasining moddiy barqarorligini ta’minlashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur sharoit yaratishdir.

Shu bois bu boradagi talablarning qog‘ozda qolib ketmasligi, ajratilgan zaxira ish o‘rinlarining amalda mavjud bo‘lishi va ularga fuqarolar haqiqatan ham ishga joylashtirilishi muhim.

Nazorat tadbiri yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlarini ta’minlash, bandlik sohasidagi qonunchilik talablarining ijrosini o‘rganish va aniqlangan muammolarni deputatlik nazoratiga olishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6