35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
💰 MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARIDAN FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Shovot tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish masalasi ko‘rib chiqildi.
📑 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-IV-son qarori asosida mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanish tartibi belgilangan.
📌 Mazkur qaror bilan mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyaning namunaviy tarkibi tasdiqlangan.
🤝 Doimiy komissiya tomonidan mazkur qaror ijrosini ta’minlash, tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan samarali hamda maqsadli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 XULOSA:
Shovot tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
✍️ Doimiy komissiya raisi — G. Dosova