35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
MUSTAQILLIK DARSI: YOSHLARNI ILM-FAN VA YUKSAK MAQSADLAR SARI RUHLANTIRGAN MULOQOT

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MUSTAQILLIK DARSI: YOSHLARNI ILM-FAN VA YUKSAK MAQSADLAR SARI RUHLANTIRGAN MULOQOT

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, senator, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi.

📚 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar qatnashdi.

📁 “Mustaqillik darsi” davomida mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, o‘tgan 35 yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritildi.

🎓 Deputat Shavkat Ayupov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, talabalik davridan unumli foydalanish, puxta bilim egallash, ilmiy izlanishlar olib borish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish kelajak taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🔬 Ayniqsa, matematika va ilmiy tadqiqotlarga qiziqayotgan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, izlanishdan to‘xtamasligi hamda o‘z bilim va salohiyati bilan Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi qayd etildi.

🔺 Tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kelajakdagi bandligi uchun mustahkam zamin yaratish kabi vazifalar bilan hamohang bo‘ldi.

🤝 “Mustaqillik darsi” nafaqat tarixiy sana mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish, balki talabalarni ilm-fan, izlanish va Vatan taraqqiyoti yo‘lida yanada katta maqsadlar sari ruhlantirgan ochiq muloqot maydoniga aylandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10