35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 24-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya davomida kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 Chilonzor tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish;
🔹 Chilonzor tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish;
🔹 Chilonzor tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish hamda buning natijasida yuzaga kelgan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi miqdorini tasdiqlash;
🔹 Chilonzor tumanida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini ta’minlash, sohaga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari hamda Chilonzor tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbarining 6 oylik faoliyati yakunlari;
🔹 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining III-9-41-14-204-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirilib, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4