Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida joriy yilning 4-sentabr holatiga shaharda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-21-20-9-131K/26-son qaroriga asosan shaharda jami 3 649 ta yangi ish o‘rni yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida investitsiya, xizmat ko‘rsatish va servis, bo‘sh ish o‘rinlari, qurilish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida belgilangan rejalar ijrosi ta’minlangan.

Shuningdek, shaharda aniqlangan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Yil boshida aniqlangan 321 nafar ishsiz fuqarodan 295 nafarining bandligi ta’minlangan. Bugungi kunga kelib, bitiruvchilar va boshqa ishsiz fuqarolar hisobiga jami 733 nafar ishsizlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning 478 nafarining bandligi ta’minlangan.
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarning qolgan qismini ish bilan ta’minlash masalasi asosiy muammolardan biri sifatida qayd etildi. Mazkur fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish tavsiya etildi.

Deputatlar tomonidan bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan reja ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2