Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.

Oʻrganish davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush tarzi va ularni qiynab kelayotgan masalalar 24 ta yoʻnalish doirasida atroflicha tahlil qilindi. Xususan, hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, aholini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi ishlar holati koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, deputat mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning muammolarini tingladi.

Aholini bandligini taʼminlash, boʻsh ish oʻrinlarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan masʼullar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilandi