35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Deputatlik nazorati: toza ichimlik suvi ta’minoti — doimiy e’tiborda

Aholini sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash aholi farovonligini yuksaltirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda hududlar infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan Aleli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida investitsiya loyihalari doirasida yangidan barpo etilayotgan toza ichimlik suvi quvurlarini yotqizish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari o‘rganildi.
⚡️O‘rganish jarayonida obyektda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, quvurlarni yotqizish sifati hamda ishlarni belgilangan talablar asosida bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Deputat tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va kelgusida aholiga uzluksiz hamda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
⚡️Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Aleli mahallasi aholisining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
⚡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bunday ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5