35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Fuqarolar murojaati e’tiborda — muammo amaliy yechim topmoqda

#Deputatlik_nazorati  #24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

Fuqarolar murojaati e’tiborda — muammo amaliy yechim topmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zosi, "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida hududdagi muammolarni o‘rganish va ularni amaliy hal etish borasida ishlar olib borilmoqda.

📁 Navbatdagi murojaat Tepaqo‘rg‘on mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan bo‘lib, unda hududda yig‘ilib qolgan maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi ko‘tarilgan.

🕯 Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammo tezkorlik bilan bartaraf etildi. Jumladan, hududda to‘planib qolgan chiqindilar “Nasaf plus servis” MChJ muqobil maxsustransi tomonidan olib chiqildi.

🌿 Obod va toza hudud — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Fuqarolar murojaatlarining e’tiborsiz qoldirilmasligi, muammolarning joyida o‘rganilib, amaliy yechim topishi deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🧠 O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 4