35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi

 Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Kalanov Rustamxon raisligida tuman Kengashlari raislari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari, shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudiri va bosh mutaxassislari hamda Toshkent shahar partiyalar rahbarlari hamda Toshkent shahar Kengashining doimiy komissiya raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilishda mahalliy Kengashlar, doimiy komissiyalar va deputatlar faoliyatining ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritilish holati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Hududiy Kengashlarning Telegram kanallarida hafta davomida joylashtirilgan postlar soni, mazmuni, sifati va tezkorligi ko‘rib chiqildi.

📊 Ayrim hududlarda Kengash va deputatlar faoliyatiga oid materiallar yetarli darajada yoritilmayotgani, joylashtirilgan ayrim postlarda natijasi ko‘rsatilmayotgani tanqid qilindi.

📋 Deputatlar tomonidan “24 ta muhim masala” doirasida olib borilgan o‘rganishlar, ularga biriktirilgan 162 ta muhim qonun ijrosi, yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ularning natijalarini tizimli yoritish zarurligi ta’kidlandi. Deputatlik so‘rovi yuborilgani haqidagi xabar bilan cheklanmasdan, ko‘rilgan choralar va muammoning yakuniy yechimini ham jamoatchilikka yetkazish lozimligi qayd etildi.

🔎 Doimiy komissiyalar faoliyati, mansabdor shaxslar hisobotlarining muhokamasi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosiga oid materiallar yetarli emasligiga e’tibor qaratildi. Mansabdor shaxslarning hisobotlarini faqat “ma’lumot uchun” qabul qilish amaliyotidan voz kechib, ularning faoliyatiga xolis baho berish, kamchiliklar bo‘yicha aniq vazifalar belgilash va ijrosini nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.

💡 Kengashlar huzuridagi Ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyati, shuningdek, Kengashlarning ish rejalari va ularning ijrosi yuzasidan e’lon qilingan materiallar ham tahlil qilindi. Ish rejalarini joylashtirish bilan cheklanmasdan, ularda belgilangan tadbirlarning amaliy natijalari haqida ham axborot berib borish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

🌐 Mahalliy Kengashlarning Telegram va Facebook sahifalaridagi faolligi, shuningdek, hokimliklarning rasmiy kanallarida Kengash faoliyatining yoritilish holati ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan hududlar faoliyatini kuchaytirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va axborot materiallari sifatini oshirish vazifasi qo‘yildi.

✅ Kengashlar va deputatlar tomonidan aholi muammolarini hal etish, fuqarolar murojaatlarini ijobiy yechimga yo‘naltirish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi natijalarni jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🔺 Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengashlar va deputatlar faoliyatini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tezkor, mazmunli va natijadorlikka asoslangan holda yoritish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6