#_kotibiyat_faoliyati Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi belgilab olindi
#_kotibiyat_faoliyati Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi belgilab olindi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyatida o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, navbatdagi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Joriy yilning 2–4 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov boshchiligida kotibiyat bosh mutaxassislari N.Xamdamova va A.Nasriddinovlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 7–11 sentabr kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar va vazifalar belgilab olindi.
Kelgusi haftada Kengashning doimiy komissiyalari bilan ishlarni yanada jadallashtirish, deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish hamda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarni sifatli tashkil etish belgilandi. Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish hamda Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.