35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatilgan Ko‘rkamobod mahallasidagi 50-A va 58-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida, TXAY yo‘liga parallel ravishda zamonaviy piyodalar va velosiped yo‘lagini barpo etish tashabbusi aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun sharoit yaratish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab- quvvatlash nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq deb hisoblangan.

📁 Mazkur taklifni amalga oshirish maqsadida hududning mavjud holati, yer maydoni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining joylashuvi hamda loyihaning texnik imkoniyatlari o‘rganilib, zarur hisob-kitoblar asosida tegishli takliflar shakllantirilishi belgilangan.

🕯 Shuningdek, Ko‘rkamobod mahallasidagi 50-A–58-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida TXAY yo‘liga parallel ravishda piyodalar va velosiped yo‘lagini barpo etish loyihasini 2027-yil tuman dasturiga kiritish masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda loyihani dasturga kiritish va kelgusida amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi qayd etilgan.

📈 Kelgusida mazkur yo‘lakni Uchtepa mahallasidagi 64-sonli uy oldidan Shaftolizor mahallasidagi 5-Shoir proyezdi hududigacha yagona sog‘lomlashtirish va piyoda-velosiped yo‘lagi sifatida davom ettirish imkoniyatlari ham mavjud infratuzilma va texnik shartlardan kelib chiqqan holda o‘rganib chiqilishi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar doirasida tuman aholisi uchun zamonaviy, xavfsiz va obodonlashtirilgan piyoda hamda velosiped infratuzilmasini yaratishga alohida e’tibor qaratilishi ta'kidlangan.

✅ Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala nazoratga olinganligini hamda uni amalga oshirish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rib borilishi maʼlum qilindi.

Slide 1 of 1