Aholi murojaatlari o‘rganildi
✅ 25-Machay saylov okrugidan saylangan deputat H.Eshonqulov tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari o‘rganildi.
✅ Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
✅ Murojaatlarni o‘rganish jarayonida aholini qiynayotgan ijtimoiy va maishiy masalalarga alohida e’tibor qaratilib, har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish choralari belgilab olindi.
✅ Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur hollarda deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda murojaatlarning ijrosi yuzasidan nazorat olib borishga kelishib olindi.
✅ Deputat tomonidan aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ishlari izchil davom ettirilmoqda.