35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
YOSHLAR BANDLIGI VA ULARNING BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17-Yangi hayot saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo tomonidan hududdagi yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.Mazkur o'rganishda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov ham faol ishtirok etdi.O‘rganish davomida Yoshlar yetakchisi Rasulov Begzod tomonidan mahallada jami 1 072 nafar yosh istiqomat qilishi, yoshlarning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Xususan, bandlik dasturi doirasida 17 nafar yoshning bandligi ta’minlangan.Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jamoaviy faolligini rivojlantirish maqsadida har oyda “Zakovat” intellektual o‘yini muntazam tashkil etib kelinmoqda. Unda 10 ta jamoa tarkibida yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Yoshlar — jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi. Ularning har bir tashabbusi va intilishi qo‘llab-quvvatlanishi zarur.

Slide 1 of 2