35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
“Bilimlar kuni” — maktab ostonasidagi ilk qadamlar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati U.Safarov 4-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirok etib, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.

Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun bu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Deputat jajji o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularni yangi hayot bosqichi — maktab ta’limini boshlaganlari bilan tabrikladi.

1-sinf o‘quvchilariga mustahkam bilim, a’lo baholar, yangi do‘stlar va kelajakdagi orzulariga erishishlarini tilab, ularga omad yor bo‘lishini bildirdi.

📚 Maktab ostonasidagi ilk qadam — buyuk kelajak sari boshlangan ilk qadamdir!

Slide 1 of 3