35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Davronov Komiljon tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasi yuzasidan Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.

Jarayon davomida ishsiz fuqarolarning murojaatlari va mavjud imkoniyatlari o‘rganilib, ularni mos ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ishga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Fuqarolarning kasbi, malakasi va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularga mos bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarga bandlik va mehnat sohasidagi amaldagi qonunchilik, ishga joylashish tartibi hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va murojaatlarini amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi