35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi U. Yelmuratov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida o‘nlab uchquduqliklar o‘zlarini qiynayotgan masala va muammolar yuzasidan murojaat qildilar. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🔺 Bandlik masalasi — ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ishga joylashish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
🔺 Tadbirkorlikka ko‘mak — o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan fuqaroga imtiyozli kredit olish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
🔺 Murojaatlar nazoratda — qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, ularning ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish — xalq deputatlari Kengashi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

TelegramFacebookInstagramE-Kengash

Slide 1 of 7