35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyasida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Shodiyona MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev mas’ul rahbarlar ishtirokida Qiziltepa mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Yuksalish mahallasida zamonaviy sport majmuasi barpo etildi
янв.21
Ulug‘nor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
Bugun Popda bayramona tong otdi!

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Kelachi mahallasidagi Toshkent ko‘chasi yangicha qiyofada, fayzu tarovat bilan el-yurt bag‘riga ochildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mehmonlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarga to‘xtalib, ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirishda hissa qo‘shgan POP CITY MALL rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etgan Toshkent ko‘chasi tantanali ravishda ochildi!

Yoshlarimizning sevimli san’atkori Jahongir Foziljonov «Bojalar» guruhi Kelachi mahallasidagi Yoshlar maydonida o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi!

Slide 1 of 7