35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
#deputat_nazorati #qonun_ijrosi #24_muhim_masala

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 23-Chilonzor saylov okrugi hududida deputat G‘.Madumarov tomonidan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, mavjud sharoitlar hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz muhit yaratilgani atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputatga biriktirilgan qonun hujjati — O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ–226-son “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ta’lim muassasasida bajarilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur Qonun 2009-yil 24-iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 28-avgust kuni Senat tomonidan ma’qullangan va 2009-yil 1-oktabrdan kuchga kirgan. Qonunning asosiy maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhitni yong‘inlardan himoya qilishga qaratilgan.

O‘rganish jarayonida, xususan, Qonunning 4-moddasida belgilangan yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi, ya’ni yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ilmiy-texnik chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda o‘quvchilar va xodimlarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlarning mavjudligi kabi masalalar o‘rganildi.

Qonunning 6-moddasiga muvofiq, yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hisoblanadi. Mazkur modda bilan yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash, davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish, yong‘inlarning oldini olish hamda aholini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Shu nuqtayi nazardan, maktabda yong‘in xavfsizligi talablarining amalda ta’minlanishi nafaqat tegishli tashkilotlar, balki ta’lim muassasasi rahbariyati va mas’ul xodimlarning ham doimiy e’tiborida bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, yangi o‘quv yilini o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitda boshlash, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qonun hujjatlari ijrosi, ayniqsa, aholi va yoshlar xavfsizligiga daxldor talablarning ta’minlanishi deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganib borilmoqda.

Slide 1 of 3