#QONUN IJROSI
DEPUTATLAR TOMONIDAN QONUN IJROSI O‘RGANILDI
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari Sh.Radjapov va N.Nasrullayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔷Mazkur qonunning 13-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan tegishli masalalarni o‘rganish, tahlil qilish va deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida ishchi guruhlar tashkil etilishi belgilangan.
🔷O‘rganish davomida ushbu qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, Kengash tomonidan ishchi guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!