35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov nutq so‘zladi.

Viloyat rahbari Peshku ko‘pchilik nazarida chekka hududdek ko‘rinsada, bu tumanda iqtisodiyot va sanoatni yanada rivojlantirish uchun yer, suv, foydali qazilmalar koni, eng muhimi yangidan ishga tushadigan ulkan energiya stansiyasi, xullas, barcha sharoitlar mavjudligini alohida ta’kidladi.

— Bu hududda muvaffaqiyatli ishlash uchun birgina talab bor, xolos. U ham bo‘lsa Prezidentimizga va xalqimizga sadoqat va fidokorlik bilan ishlashdir, - dedi Botir Zaripov.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Hayot Hasanovich Davlatovning Buxoro viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng Botir Zaripov 2020-yildan beri viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Ashurovich Hamroyev nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.

Anvar Hamroyev 1978-yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan, 1997-yilda Buxoro koooperativ texnikumini va 2003-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan, mutaxassisligi - moliyachi va iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini Buxoro tumani statistika bo‘limi mutaxassisi lavozimida boshlab, Buxoro tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori, Kogon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati kotibiyat mudiri lavozimlarida samarali ishlagan.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Anvar Hamroyev Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6