Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "6-Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan "Zafarobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida "Machit" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar A.Isamov, X.Mirsalievlar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi.
Murojaatda "Machit" mahallasida 1977-yilda qazilgan ichimlik suvi qudug‘iga o‘rnatilgan suv minorasining texnik holati qoniqarsiz bo‘lgani sababli, bugungi kunda foydalanilmayotgani, buning oqibatida mazkur hududdagi aholi ichimlik suvidan to‘liq foydalana olmayotgani qayd etildi.
Shuningdek, fuqarolar mavjud suv minorasi o‘rniga yangi suv minorasi o‘rnatish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.
Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.