35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Beruniy MFYdagi Beruniy ko‘chasida 1200 metr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 13-avgustdagi VII-32-48-10-143-K-26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 13-avgustdagi VII-32-48-10-143-K-26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi


✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi -Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 23-Istiqbol saylov okrugi deputati D.Ataxodjayeva nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 13-avgustdagi VII-32-48-10-143-K-26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 Tuman hududidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun munosib, qulay va to‘siqsiz ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishdagi qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, xususan, inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, korreksion mashg‘ulotlar xonalarini namunaviy talablar asosida jihozlash hamda zarur vositalar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Nogironligi bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, maktab hududi va o‘quv xonalarining ularning ehtiyojlariga mosligi, erkin harakatlanishi va ta’lim jarayonida to‘laqonli ishtirok etishi uchun yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi.
🔹Mas’ul o‘qituvchi tomonidan inklyuziv ta’lim yo‘nalishida bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim jarayoniga jalb etilgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil etilayotgan ta’lim hamda korreksion mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulay va to‘siqsiz ta’lim muhiti, ularning umumiy ta’lim jarayoniga moslashuvi, boshqa o‘quvchilar bilan teng imkoniyatlar asosida bilim olishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Suhbat davomida inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, zarur jihozlar va shart-sharoitlarni takomillashtirish hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
🔹 Qaror asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarni zamonaviy va zarur jihozlar bilan ta’minlash, korreksion mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan xonalarni belgilangan namunaviy talablar asosida tashkil etish faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi, yaratilayotgan shart-sharoitlarning amaliy samaradorligi hamda har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash borasidagi ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Zero, inklyuziv ta’lim — bu faqat alohida sharoit yaratish emas, balki har bir bolaning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, sifatli ta’lim olishi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashdir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 6