35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Beruniy MFYdagi Beruniy ko‘chasida 1200 metr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Shavkat Abdukamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, bolalar maydonchasi va irrigatsiya tarmog‘ini qurish holatlarini o‘rganish yuzasidan “Azamat” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida deputat ushbu mahallaning ayrim hududlarida irrigatsiya tizimini barpo etish, qurilishi rejalashtirilgan bolalar va sport maydonchalari uchun ajratilayotgan yer maydonlari va mavjud maydonchalarni zamonaviysiga almashtirish, yosh avlodni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi monitoring ishlari davom ettirilib, aholining munosib yashash sharoitlarini ta’minlash hamda amalga oshirilagan ishlar yuzasidan tizimli nazorat olib borilishi ta’kidlandi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4