35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 40-sessiyasi o'tkazildi

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 40-sessiyasi o'tkazildi

Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.

🗓 Sessiya kun tartibida 9 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

1️⃣ “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi;
-ishsizlik va bandlik (ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar) holati;
– bozorlar va ulardagi narx-navolarning holati  to‘g‘risida hamda Mahalliy byudjet ijrosi to‘g‘risida, tuman saloxiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan Maxalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;

2️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani mahalliy byudjetining 2026-yil 2-chorak ijrosi to‘g‘risida;

3️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;

4️⃣ “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi;
– ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati;
– tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati;
– kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati;
– jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar;
– avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risida;

5️⃣ “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi;
– xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

6️⃣ “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi;
– sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati;
– maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish to‘g‘risida      

 7️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risida;

8️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limining 2026-yil 6 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

 9️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani suv xo‘jaligining suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida;

Sessiya kotibi etib 4-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati Maxamatova Xolida Saidboqievna saylandi.

✍️ Qabul qilingan qarorlar "E-Kengash.gov.uz" saytida e'lon qilindi.

Slide 1 of 11