35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
12-AVGUST KUNI: KUNLIK ISH REJASI VA AMALIY VAZIFALAR

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning 2026-yil 12-avgustdagi shaxsiy kunlik ish rejasi asosida Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi.
📌 Kun davomida:
— xodimlarning davomatini nazorat qilish;
— E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaat va xatlar bilan ishlash;
— Kengash kanalida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish;
— xodimlar o‘rtasida kunlik vazifalarni taqsimlash va ijrosini nazorat qilish;
— mahallalar faoliyati hamda 24 ta masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini tashkil etish;
— navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish va sessiya materiallarini ko‘rib chiqish.
🏘 10-saylov okrugidagi Xovuzak mahallasiga tashrif buyurilib, hududdagi mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish rejalashtirilgan.
🏛 Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etish hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi Qonun ijrosini o‘rganish kun tartibidan o‘rin olgan.
🔎 Aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovlari tayyorlanadi.
📊 Kun yakunida bajarilgan ishlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat tahlil qilinib, ertangi kun vazifalari belgilanadi hamda hafta rejasida mazkur kunga belgilangan topshiriqlarning to‘liq bajarilishi monitoring qilinadi.

Slide 1 of 1