35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Azizbayev tomonidan shahardagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, markaz xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar, taklif va ehtiyojlar tinglandi.

O‘rganish jarayonida markazning ayrim bo‘limlarida yangi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur masala saylovchilar muammolarini ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilib, muammoni tegishli tartibda o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga takliflar bildirildi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish orqali axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2