O‘rganish davomida mahallada fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimi, sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarning belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda ularning qonuniy va asoslantirilgan hal etilishi holati tahlil qilindi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash jarayonida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni aniqlash, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.