35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
#Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi
Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari


O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish, qarorlar loyihalarini tayyorlash, qonun hujjatlari ijrosiga ko‘maklashish hamda o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish maqsadida o‘z vakolati muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.

Kengashlarda, qoida tariqasida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi:

▪️ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar;
▪️ Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar;
▪️ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport;
▪️ Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport;
▪️ Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari.

Shuningdek, zaruratga ko‘ra muayyan masalalarni ko‘rib chiqish uchun muvaqqat komissiyalar ham tuzilishi mumkin.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1