35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq Kengash faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, hujjatlar bilan ishlash sifati hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.Muhokamalar davomida mazkur yo‘nalishdagi ishlar holati yuzasidan fikr almashilib, Kengash faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hujjatlar bilan ishlash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash hamda bu boradagi deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.  

Slide 1 of 5