#Hududiy_tajriba
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
FUQAROLAR MUROJAATLARINI BIRGALIKDA HAL ETISH BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.To‘ynazarov hamda “Madad” NNT vakillari hamkorligida fuqarolarning murojaatlarini birgalikda o‘rganish va hal etish bo‘yicha hudud tajribasini yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Muloqot davomida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qonuniy tartibda hal etish hamda murojaatlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni tezkor aniqlash va ijobiy hal etish, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasida o‘zaro tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|