35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
📌 O‘RQ–784-son Qonun ijrosi tanqidiy o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati M.Yarashov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tomonidan “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–784)ning “Xorazm suv ta’minoti” MCHJ Tuproqqal’a tuman bo‘limida ijrosi tanqidiy tartibda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qonunning iste’molchilarni sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv ta’minoti hamda oqova suv tizimlarini soz holatda saqlash, avariya holatlariga tezkor chora ko‘rish, murojaatlar bilan ishlash va xizmatlar sifatini ta’minlashga oid qator moddalarining ijrosida kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda nazoratni kuchaytirish, qonun talablarining to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

⚠️ Qonun talablarining to‘liq ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 1